Turkiya Kiprda tinchlik missiyasi muddatini uzaytirish qaroriga munosabat bildirdi
Tashqi ishlar vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Kipr orolida joylashgan Birlashgan Millatlar Tinchlik Kuchlarining (UNP) muddatini uzaytirishi haqidagi qarori haqida yozma bayonot berdi.
Turkiya Kipr orolida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tinchlikni saqlash kuchlarining muddatini bir yilga yana uzaytirish qaroriga munosabat bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Kipr orolida joylashgan Birlashgan Millatlar Tinchlik Kuchlarining (UNP) muddatini uzaytirishi haqidagi qarori haqida yozma bayonot berdi.
Bayonotda, BMT Xavfsizlik Kengashining 2023-yil 30-yanvarda qabul qilgan 2674-sonli qarori bilan BMT Tinchlikparvar kuchlarining muddatini bir yilga uzaytirgani qayd etildi.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SKTR) Tashqi ishlar vazirligining ushbu qaror bilan bog'liq bayonotini to'liq qo’llab quvvatlaganini bildirdi.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining hisobotlariga kiritilmagan boʻlsa-da, u yerdagi voqeliklardan ajralgan Kengash, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining ikki davlatli yechim irodasini eʼtibordan chetda qoldirib yechimsiz modellar ustida turib olgani koʻrinib turibdi. Ko'p marta sinab ko'rilgan va muvaffaqiyatsiz bo'lgandir. Bu harakat esa sog'lom fikr va xayrixohlikka to'g'ri kelmaydi. Kengashning orolda haqiqiy kelishuvni ilgari surishdan ko’proq, Kipr Rum tomonini himoya qilishdan bir narsa emas deya qayd etildi.
Bayonotda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Kipr turk xalqiga nisbatan qo'yilgan g'ayriinsoniy va qonunga xilof Embargolarni yana bir bor e'tibordan chetda qoldirib "Qarorda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, BMT Bosh kotibiga yetkazgan. 2022 yil 1 va 8 iyuldagi maktublari bilan esa orolning ko'plab ehtiyojlariga javob berishi mumkin bo'lgan real, konstruktiv va samimiy hamkorlik takliflarini e'tiborsiz qoldirib, ikki tomonni hamkorlikka chaqirish yana bir ziddiyatdan bir narsa emas deya qayd etildi.
"Kiprda adolatli va doimiy yechim yo'lini ochadigan umumiy asoslar esa u yerdagi voqeliklarga asoslanishi bilan mumkin. Bu doirada Xavfsizlik Kengashi va xalqaro hamjamiyat, ikki alohida xalq va xalqaro hamjamiyat mavjudligiga asoslanadi. Kipr orolidagi ikkita alohida davlat, Kipr turk xalqining huquqlarga ega bo'lishini, suveren tenglikni ta'minlaydi va biz ularni teng xalqaro maqomlarini ro'yxatdan o'tkazishga va Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan olishga chaqiramiz." Deya qayd etildi.
Aloqador xabarlar
Turkiya Isroil hujumlarini to‘xtatish uchun chora ko‘rishni davom etadi
Prezident Erdo‘g‘an, Livan Bosh vaziri Najib Mikati bilan telefon orqali muloqot qildi.
Hakan Fidan Livan xalqiga hamdardlik bildirdi
Hakan Fidan, Livan Bosh vaziri Najib Mikati bilan telefon orqali muloqot qildi.