TQK tomonidan uyushtirilgan «Qishki mashqlar-2023» o‘z ishini boshladi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan uyushtirilgan «Qishki mashqlar-2023» o‘z ishini boshladi.

1939696
TQK tomonidan uyushtirilgan «Qishki mashqlar-2023» o‘z ishini boshladi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan uyushtirilgan «Qishki mashqlar-2023», mamlakatning Qars viloyatida o‘z ishini boshladi. Mazkur mashq, ishtirokchilar soni jihatidan respublika tarixidagi eng yirik mashq deb qayd etildi.

«Qishki mashqlar-2023»da Germaniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Angliya kabi dunyoning 17 davlatidan harbiy xizmatchilar ishtirok etmoqda.

Qarsda, roppa – rosa 1758 nafar xodim ishtirokida davom etayotgan mashqlarda 43 turdagi 651 ta transport vositasi bilan 23 xil 865 ta quroldan foydalanilmoqda.



Aloqador xabarlar