Erdo‘g‘an: Qur’on-i Karimga qarshi uyushtirilgan hujumlarga munosabat bildirdi
Erdo‘g‘an, Niderlandiya poytaxti Amsterdamda uyushtirilgan “Niderlandiyalik turklar bilan xalq uchrashuvi” tadbiriga telefon orqali bog‘lanib, nutq so‘zladi.
1939094

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ayrim Yevropa davlatlarida Qur’on-i Karimga qarshi uyushtirilgan hujumlarga munosabat bildirib, mavzu haqida:
“Ular faqatgina hulq - atvoridagi kamchiliklarini o‘rtaga qo‘ymoqda”. - dedi.
Erdo‘g‘an, Niderlandiya poytaxti Amsterdamda uyushtirilgan “Niderlandiyalik turklar bilan xalq uchrashuvi” tadbiriga telefon orqali bog‘lanib, nutq so‘zladi.
Unda, ayrim Yevropa davlatlarida Qur’on-i Karimga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoralagan Erdo‘g‘an:
“Qur’on-i Karim himoyachisi Olloh taolodir. Ular esa faqatgina hulq – atvorlarining kamchiliklarini o‘rtaga qo‘ymoqda. Tavrotni himoya qilishga qaror qilganlar, Qur’on-i Karimga nisbatan tarbiyasizliklarini oshkor qilmoqdalar”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.