Turkiya Finlyandiya va Shvetsiya bilan uchrashuvdan ma’no yo‘qligini aytdi
“Stokgolmdagi o‘tgan hafta oxirida sodir etilgan voqea irqchilik harakatining ko‘rinishidir. Hech kim bizga fikr erkinligi, deb tushuntirishga urinmasligi kerak",-deydi Turkiya Tashqi ishlar vaziri.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Anqara Shvetsiya va Finlyandiya bilan NATOga a’zo bo‘lish uchun muzokaralarning davomini o‘tkazishda ma’no yo‘qligini bildirdi.
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
“Stokgolmdagi o‘tgan hafta oxirida sodir etilgan voqea irqchilik harakatining ko‘rinishidir. Hech kim bizga fikr erkinligi, deb tushuntirishga urinmasligi kerak. Buning hodisaga hech qanday aloqasi yo‘q. Aksiya o‘tkazishga ruxsat berganlar ham jinoyatga sherikdir. Shvetsiyada bu jirkanch harakatga yo‘l berganlar avvalo aybdor”, deb bayonot berdi vazir Chavusho‘g‘li.
U shuningdek, Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi bo‘yicha “uch tomonlama mexanizm doirasidagi muzokara jarayonidan ma’no ko‘rmayotganini” qo‘shimcha qildi.
Aloqador xabarlar

PKKga a’zo yana 4 terrorist taslim bo‘ldi
Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.