Erdo’g’an Turkiyada davolanayotgan falastinlik aka-ukani qabul qildi

11 yoshli falastinlik qiz Rahaf va uning 13 yoshli ukasi Muhammad Xalil 2022 yil 6 avgust kuni G‘azo shimolidagi Jabaliyaga sodir etilgan raketa zarbasida jarohatlangandi.

1938377
Erdo’g’an Turkiyada davolanayotgan falastinlik aka-ukani qabul qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo’g’an Turkiyada davolanayotgan falastinlik aka-uka Rahaf va Muhammad Xalil Salmonni qabul qildi.

Poytaxt Anqaradagi prezident saroyida bo'lib o'tgan uchrashuv matbuotga yopiq eshiklar ortida amalga oshirildi.

11 yoshli falastinlik qiz Rahaf va uning 13 yoshli ukasi Muhammad Xalil 2022 yil 6 avgust kuni G‘azo shimolidagi Jabaliyaga sodir etilgan raketa zarbasida jarohatlangandi.

Prezident Erdo'g’anning ko’rsatmasi bilan 18 avgust kuni Sog’liqni saqlash vazirligining tez yordam samolyoti vositasida Turkiyaga olib kelingan falastinlik aka-uka Anqara shahar shifoxonasida davolanayotgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar