Erdog‘an Shvetsiyadagi shov-shuvli hodisaga munosabat bildirdi

“Bizning elchixonamiz oldida bunday sharmandalikka sabab boʻlganlar NATOga aʼzolik arizalari boʻyicha bizdan iltifot kutmasligi kerak”,-deydi Turkiya prezidenti.

1936911
Erdog‘an Shvetsiyadagi shov-shuvli hodisaga munosabat bildirdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an Stokgolmdagi shov-shuvli hodisadan so‘ng Shvetsiya Anqaradan NATOga kirishi uchun bergan murojaatini qo‘llab-quvvatlashini kutmasligini aytdi.

Bu haqda Erdo'g'an Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.

“Shvetsiyadagi nopok harakatlar, hatto diplomatik vakolatxonamiz yaqinidagi bu hodisa musulmonlarga, umuman, barcha insonlarga, barcha huquq va erkinliklarga nisbatan haqorat sifatida qabul qilinadi. Siz terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni davom etish bilan birga NATOga a’zo bo‘lish uchun bizdan madad kutmoqdasiz. Bu endi bo‘lmaydi. Shvetsiya endi bizdan bunday yordam kutmasligi kerak”,-deydi Turkiya prezidenti.

Prezident Stokgolmdan terror tashkilotlariga qarshi kurashda Turkiya oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarilishini kutishini ta’kidladi.

“Agar Shvetsiya hukumati huquq va erkinliklarni shunchalik hurmat qilsa, ular birinchi navbatda Turkiya Respublikasi va barcha musulmonlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilmog‘i kerak. Agar bu hurmatni ko‘rsatmasangiz, kechirasiz, bizdan marhamat kutmang”, dedi Erdog‘an.

“Bizning elchixonamiz oldida bunday sharmandalikka sabab boʻlganlar NATOga aʼzolik arizalari boʻyicha bizdan iltifot kutmasligi kerak”,-deydi Turkiya prezidenti.

Eslatma: 21 yanvar kuni Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Daniyaning “Qattiq kelishuv” o‘ng qanot ekstremistik partiyasi rahbari Rasmus Paludan tomonidan namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyishda u Quronni yoqib yuborgandi. Paludan o‘z nutqida NATO, Turkiya va Erdo‘g‘anni tanqid qilib, u Muhammad payg‘ambar karikaturasini ham ko‘rsatgandi.

Politsiya himoyasi ostida oʻtkazilgan namoyish chogʻida hech kimning Paludanga yaqinlashishiga ruxsat berilmagandi.

Iyun oyida Ispaniyada boʻlib oʻtgan yetakchilar sammitida Finlyandiya va Shvetsiya, Ittifoqqa a'zo bo'lishlariga ruxsat berish uchun Turkiyaning terrorga qarshi kurash borasidagi cheklovlarini olib tashlashlarini bildirgan uch tomonlama memorandum imzolagan edilar.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar