Istanbulda yangi metro liniyasi ishga tushirildi

Poyezdlar yangi liniya bo‘ylab 90-120 km/soat tezlikda harakatlanadi. Metro liniyasining uzunligi 69 kilometrni tashkil etadi. U kuniga 800 ming yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan.

1936438
Istanbulda yangi metro liniyasi ishga tushirildi

 

Istanbulda Yevropadagi eng tez harakatlanuvchi yangi metro liniyasi ishga tushirildi. 

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdlar yangi liniya bo‘ylab 90-120 km/soat tezlikda harakatlanadi.

Metro liniyasining uzunligi 69 kilometrni tashkil etadi. U kuniga 800 ming yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan.

Bu yangi yo‘nalish Turkiya metropoliyasini uning Yevropa qismidagi yangi xalqaro aeroporti bilan bog‘laydi. Kelajakda mazkur metro liniyasini Istanbulning Osiyo qismi bilan ham bog‘lash rejasi borligi ma’lum qilindi. 

Shuningdek, ochilish marosimiga kelgan Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ushbu loyihani amalga oshirish orqali Turkiya dunyoga metro qurilishida o‘z kuchi va imkoniyatlarini ko‘rsatganini aytdi.

Ma’lumot uchun, metroning so‘nggi bekati Istanbul xalqaro aeroporti oldida joylashgan. Aeroport 2019 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aeroport 2025 yilga kelib bir yilda 150 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 


Tanlangan kalimalar: #metro , #Istanbul

Aloqador xabarlar