Turkiyada uzunligi 4,5 kilometr bo'lgan Amasya tuneli ochildi

Shu munosabat bilan o’tkazilgan tantanali ochilishga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an videokonferensiya orqali ishtirok etdi.

1935278
Turkiyada uzunligi 4,5 kilometr bo'lgan Amasya tuneli ochildi

 

Turkiyada Amasya tuneli xizmatga tushirildi.

Shu munosabat bilan o’tkazilgan tantanali ochilishga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an videokonferensiya orqali ishtirok etdi.

“Respublikamizning 100 yilligiga xalqimiz bilan birga katta umidlar, yanada ulug‘ maqsadlar bilan qadam qo‘ydik”,-deydi Erdo’g’an ochilishda so’zlagan nutqida.

“Rivojlanishning asosiy infratuzilmalaridan biri bo'lgan transport sohasida amalga oshirgan har bir loyihamiz bizni Turkiya asriga yana ham yaqinlashtirayotganiga ishonamiz”,-deb qo’shimcha qiladi Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an: “Turk asrini va respublikamizning ikkinchi asrini ortda qoldirib, uni taraqqiyot davriga aylantirishga qaror qildik”,-dedi.

Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Odil Karaismailog'lu:  "Amasya halqa yo'li amasiyaliklarning hayot standartini yaxshilashga xizmat qiladi",-dedi.

“Bu nafaqat amasiyaliklar, balki Turkiya va uning atrofidagi viloyatlar uchun ham qimmatli loyihadir. Ushbu loyiha amalga oshirilgach, Amasya shahrida transport tirbandligi va chiqindi gazlar miqdori sezilarli darajada kamayadi. Amasiyaliklarning hayot standarti ancha yuqori bo'ladi”,-deydi u.

Ma’lumot uchun: 921 metr uzunlikdagi va qo'shaloq tunel sifatida transport qatnovi amalga oshiriladigan Amasya tunelining umumiy uzunligi 4,5 kilometrni tashkil qiladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Amasya tuneli , #Turkiya

Aloqador xabarlar