Mavlud Chavusho’g’li BMTning Suriyadan mas'ul vakili bilan uchrashdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Suriyadan mas'ul vakili Geir Pedersen Turkiyaga tashrif buyurdi.

1933586
Mavlud Chavusho’g’li BMTning Suriyadan mas'ul vakili bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li poytaxt Anqarada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Suriyadan mas'ul vakili Geir Pedersen bilan uchrashdi.

Chavusho’g’li bu haqda o’zining Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Suriya bo'yicha maxsus vakili Pedersen bilan uchrashdik. Biz BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasi, siyosiy jarayon va Konstitutsiyaviy qo'mitani qo'llab-quvvatlaganimizni yana bir bor ta'kidladik", deb yozgan Chavusho’g’li Twitter’dagi sahifasida. 


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho’g’li , #BMT , #Turkiya

Aloqador xabarlar