Matbuot a’zolari turk askarlarining PKKga qarshi kurashini amaliyot o‘rnida kuzatdi
Turk Qurolli kuchlari (TQK) tomonidan mamlakat fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash hamda terroristlarning chegaradan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida boshlatilgan “Panja-kalit” amaliyoti davom etmoqda.

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga qarshi 2022-yilning 17-apreli kuni boshlagan Panja-kalit amaliyotida bugungacha 506 nafar terrorist yo‘q qilindi.
Turk Qurolli kuchlari (TQK) tomonidan mamlakat fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash hamda terroristlarning chegaradan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida boshlatilgan “Panja-kalit” amaliyoti davom etmoqda.
Amaliyot doirasida bugungacha 506 nafar terrorist yo‘q qilindi.
Terroristlar tomonidan foydalanilgani aniqlangan 575 ta g‘or va boshpanalar yo‘q qilingan amaliyotda, 2002 ta mina va qo‘lda yasalgan portlovchi modda, 1182 ta qurol va 538 ming 413 ta o‘q-dori qo‘lga kiritildi.
Milliy Mudofaa vazirligi, turk askarlarining murakkab havo sharoitida amalga oshirayotgan amaliyotlarni ko‘rsatish maqsadida matbuot a’zolariga atab safar uyushtirdi.
Ular, Hakkarida chegaraning nol nuqtasida taxminan yerdan 2050 metr balandlikdagi tepalikdan terror unsurlari bor nuqtalarni mahalliy va milliy qurol tizimlari orqali zarba bergan paytlarni kuzatdi.
Aloqador xabarlar

Prezident Erdo‘g‘an Jahon suv kuni munosabati bilan post qoldirdi
Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Jahon suv kuni munosabati bilan post qoldirdi.