Diyarbakirda terror tashkiloti PKKga qarshi Eren Blokada Kuz-Qish-21 operatsiyasi boshlatildi

840 nafar xodim ishtirok etgan operatsiyaning birinchi kunida Lije qishlog'idagi 5 ta boshpanada qo'lga kiritilgan materiallar yo'q qilindi va boshpanalar yaroqsiz holga keltirildi.

1932684
Diyarbakirda terror tashkiloti PKKga qarshi Eren Blokada Kuz-Qish-21 operatsiyasi boshlatildi

 

Diyarbakirda bo'lginchi terror tashkiloti PKKga qarshi Eren Blokada Kuz-Qish-21 operatsiyasi boshlatildi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, PKK terror tashkilotini mamlakat kun tartibidan olib tashlash va  hududa joylashgan  terroristlarni yo’q qilish maqsadida Diyarbakirda "Eren blokadasi kuz-qish-21 shahid jandarm mutaxassisi serjant Mehmet Chelik operatsiyasi" boshlatildi.

840 nafar xodim ishtirok etgan operatsiyaning birinchi kunida Lije qishlog'idagi 5 ta boshpanada qo'lga kiritilgan materiallar yo'q qilindi va boshpanalar yaroqsiz holga keltirildi.

Bayonotda, “Mamlakatda terrorni butunlay yo’q qilish maqsadida olib borilgan Eren blokadasi kuz-qish amaliyotlari, xalqimizning qo’llab-quvvatlash yordamida  qat’iyat bilan  muvaffaqiyatli davom etmoqda” deyildi.

 

 



Aloqador xabarlar