Türkiye Qrimda qamoq jazosiga tortilgan qondoshlarining ozodligini talab qildi

Türkiye Qrimda qamoq jazosiga tortilgan 13 nafar qondoshining ozodligini talab qildi.

1931538
Türkiye Qrimda qamoq jazosiga tortilgan qondoshlarining ozodligini talab qildi

Türkiye Qrimda 13 yilga qamalgan 5 nafar Qrim tatarini ozod qilinishini talab qildi.

Tashqi ishlar vazirligi mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotda:

“Qrim tatar qondoshlarimizdan Jemil Gafarov, Servet Gaziyev, Erfan Osmonov, Alim Karimov va Seyran Murtazaning kecha qabul qilingan qaror asosida 13 yillik qamoq jazosiga mahkum qilinishidan xavotirdamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda,Türkiyening, Qrim tatarlarining o‘z vatanlarida erkin va xavfsiz yashash huquqini qo‘llab-quvvatlashi yana bir bor ta’kidlandi.

Unda shuningdek:

“Nomi tilga olinganlar va bundan avval ham shu tarzda mahkum qilingan Qrim Tatar milliy majlisi raisi o‘rinbosari Neriman Jelal, Asan Ahmedov va Aziz Ahmetov doxil Qrimda siyosiy sabablar yuzasidan nazorat ostida tutilgan barcha qondoshlarimizning eng qisqa vaqtda ozodlikka chiqarilib, oilalari bag‘riga qaytishlari uchun kerakli qadamlarning tashlanishini kutamiz”.- deyildi.


Tanlangan kalimalar: #ozod , #Türkiye , #Qrim tatari

Aloqador xabarlar