MMV: “Terror va terroristlarga yo‘l yo‘q!”

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1929528
MMV: “Terror va terroristlarga yo‘l yo‘q!”

Suriya shimolidagi Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan hududda PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) mavzu haqida Twitter sahifasi orqali bergan bayonotda:

“Terror va terroristlarga yo‘l yo‘q! Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz Suriya shimolidagi Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan hududda aniqlagan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 2 terroristni yo‘q qildi. Terroristlarga qarshi kurashimiz samarali va qat’iy davom etadi!” – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar