Prezident Erdo‘g‘an bilan Zelenskiy don yo‘lagidagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Türkiye Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra unda, Türkiyening Ukrainaga ko‘rsatgan insonparvarlik yordami, energiya sohasidagi ko‘magi va don yo‘lagidagi oxirgi vaziyatlar qo‘lga olindi.
Prezident Erdo‘g‘an muloqot chog‘ida Rossiya va Ukraina o‘rtasida butunlay tinchlik o‘rnatilishi uchun Türkiye sifatida qulaylashtiruvchilik va o‘rtamchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanliklarini ifoda etdi.
Mahbuslar almashinuvi bo‘yicha faoliyatlarining davom etayotganini ham yodga solgan Erdo‘g‘an, Zaporojye atom elektr stansiyasidagi jarayonni tezlashtirish uchun ham diplomatik nuqtai nazaridan hissa qo‘shishlari mumkinligini qayd etdi.