Mavlut Chavusho’g’li BAA tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Tomonlar suhbat chog'ida Afg’onistondagi so’nggi o’zgarishlar va Masjid-al Aqsoga sodir etilgan bosqin tafsilotlarini muhokama qildi.

1927767
Mavlut Chavusho’g’li BAA tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho’g’li Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri Abdulloh bin Zayed Al Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tomonlar suhbat chog'ida Afg’onistondagi so’nggi o’zgarishlar va Masjid-al Aqsoga sodir etilgan bosqin tafsilotlarini muhokama qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Chavusho'g'li va Bin Zayed Afg'onistonda hokimiyat tepasida bo'lgan Tolibon harakati tomonidan ayollarning ta'lim olishiga taqiq qo'yilgani, ayollarning milliy va xalqaro nodavlat va gumanitar tashkilotlardan chetlatilgani bilan bog'liq mushtarak xavotirlarini tilga oldi.

Turkiya ushbu qarorning bekor qilinishi tarafdori ekanini takrorlagan Chavusho’g’li, Islom Hamkorlik Tashkiloti bilan muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Bin Zaydning aytishicha, Tolibonning qarori va qizlarning ta’lim olishiga nisbatan ilgari qo‘yilgan taqiqlar inson huquqlarini buzadi.

Muloqotda vazirlar, shuningdek, Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning kecha Al-Aqso masjidiga uyushtirgan bosqinini qoralagan.

Quddusdagi diniy maskanlarning maqomi va muqaddasligini saqlab qolish uchun bu kabi nomaqbul harakatlarga qarshi koordinatsiyani kuchaytirish muhimligini qayd etgan vazirlar Masjid-al Aqsoni toʻliq himoyaga olish va u yerda jiddiy va provokatsion qonunbuzarliklarni toʻxtatish zarurligini taʼkidladilar.

Ular shuningdek, Isroil hukumatini mintaqadagi beqarorlikni kamaytirish uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Turkiya , #Mavlud Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar