Fahrettin Altun Rena Netjesning o'lim tahdidiga munosabat bildirdi

Netjes hujjatli filmda, Istiqlol ko'chasidagi hujumning Suriya shimolidagi YPG/PYD hujumlariga o'xshashligini ta'kidladi.

1927116
Fahrettin Altun Rena Netjesning o'lim tahdidiga munosabat bildirdi

 

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, TRT World tomonidan tayyorlangan "Yomg'irdan keyin: Adolat izlayotgan oilalar" hujjatli filmida bo'lginchi terror tashkiloti PKK/YPGning qorong'u tomonlarini ochib bergan Gollandiyalik tadqiqotchi Rena Netjesning o'lim tahdidiga munosabat bildirdi.

13-noyabr kuni Istanbulning Taksim shahrida sodir boʻlgan xoin terror hujumida shahid boʻlgan Yag’mur va Ejrin haqida dunyoga tushuntirish uchun tayyorlangan qisqa xabar hujjatli filmini ijtimoiy media hisobi orqali baham koʻrgan Altun, quyidagicha ma’lum qildi:

"TRT World tomonidan tayyorlangan, PKK/YPG tomonidan  shahid etilgan  Yag’mur va Ejrin qizlarimizga bag'ishlangan "Yomg'irdan keyin: Adolat izlayotgan oilalar" hujjatli filmi terror tashkilotining qonli yuzini butun dunyoga  namoyon qiladi.   İfshoga  chidolmaganlar uni o'lim bilan  bilan qo'rqitdi, bu esa sizlar himoya qilayotgan terror tashkilotining  haqiqiy yuzi ."

Yag’mur va Ejrin xotirasiga tayyorlangan hujjatli filmda PKK/YPGning qorong'u tomonlari dunyo jamoatchiligiga ochib berilgan.

Hujjatli filmda 15 yoshida shahid bo'lgan  Yag’murning otasi qizi uchun  "U qanotsiz farishta edi, endi chinakam farishtaga aylandi" degan. Keyin 9 yoshli Ejrinning onasi qizining rasm chizishga bo'lgan qiziqishini ko'z yoshlari bilan  tushuntiradi.

Netjes hujjatli filmda, Istiqlol ko'chasidagi hujumning Suriya shimolidagi YPG/PYD hujumlariga o'xshashligini ta'kidladi.

Hujjatli filmning namoyishi ortidan Suriyaning shimolidagi terror tashkiloti hisoblaridan o'ziga qaratilgan tahdidlarning ortganiga diqqat qaratgan Netjes, ijtimoiy media hisobidan, "Endi ommaviy bayonot berishning  vaqti keldi deydi. Men o'lim tahdidlari olmoqdaman. PYD tashviqotini fosh qilish  evazi  bu deya ." bayonot bergan.

 



Aloqador xabarlar