Mavlud Chavusho’g’li Pelening dafn marosimida ishtirok etadi

Pele 29 dekabr kuni kechki vaqt 82 yoshida saraton kasdalligidan vafot etdi. U San-Paolodagi xususiy shifoxonada davolanayotgandi.

1926369
Mavlud Chavusho’g’li Pelening dafn marosimida ishtirok etadi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Braziliya afsonasi Pelening dafn marosimida ishtirok etadi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an Pelening dafn marosimida Turkiya nomidan tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li ishtirok etishini buyurdi.

Chavusho'g'li Braziliyaning afsonaviy futbolchisi Pelening vafoti munosabati bilan bugun Santosda o'tkaziladigan dafn marosimida ishtirok etadi. Marosim 2 yanvar, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boshlanadi.

Eslatma: Pele 29 dekabr kuni kechki vaqt 82 yoshida saraton kasdalligidan vafot etdi. U San-Paolodagi xususiy shifoxonada davolanayotgandi. U mazkur kasalxonaga bir oy oldin yo‘g‘on ichak saratoni tufayli yotqizilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Pele Braziliya terma jamoasi bilan uch karra jahon chempioni bo‘lgan. Xalqaro futbol federatsiyasi Peleni XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi. U o‘yinchi sifatida uch marta jahon chempioni bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchi. Bu 1958, 1962 va 1970 yillarda sodir bo‘lgan. U Braziliya terma jamoasi safida 92 ta o‘yinda maydonga tushib, 77 ta gol urgan.



Aloqador xabarlar