"Suriya masalasi ustidan navbatdagi uchrashuv yanvar oyi o‘rtalarida bo‘lishi mumkin".

Mevlut Chavusho‘g‘lu Braziliyada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1926198
"Suriya masalasi ustidan navbatdagi uchrashuv yanvar oyi o‘rtalarida bo‘lishi mumkin".

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning qayd etishicha Suriya masalasi ustidan navbatdagi uchrashuv, yanvar oyi o‘rtalarida bo‘lishi mumkin.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, bugun, prezidentlik vazifasini qabul qilib oluvchi Luiz Inasio Lula da Silvaning qasamyod marosimida ishtirok etish uchun Braziliyada. U yerda, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qilgan tashqi ishlar vaziri, jurnalistlarning mazkur muloqat haqidagi savollariga javob berdi.

Chavusho‘g‘lu unda, Lavrovning, Suriya borasidagi uch tomonli vazirlar yig‘ilishini qachon o‘tkazish haqida so‘raganiga e’tibor qaratib,

Yaxshi tayyorgarlik ko‘rilishi kerakligi, ana shunda o‘tkazilishi maqulligi fikri ortidan, yanvar oyida o‘tkazish taklifi esa Lavrovdan kelgani va shu xususda kelishib olganliklarini bildirdi.

Ammo uni qayerda o‘tkazish haqida esa hali hanuz qaror berilmaganini ham o‘z so‘ziga ilova etgan Tashqi ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu, nomi tilga olingan yig‘ilishda, uchinchi davlat ham ishtirok etish ehtimoli borligini ifoda etdi.  

Mevlut Chavusho‘g‘lu, 28-dekabr kuni Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Asad rejimi mudofaa vaziri Ali Mahmud Abbos bilan rejim va Rossiya Razvedka tashkiloti rahbarlari bilan Rossiya poytaxti Moskvada uchrashgani, kerakli bayonotlarning ham ana shunda berilganini yodga soldi.

Chavusho‘g‘lu, Suriyadagi PKK/YPG terror tashkilotiga e’tibor qaratganida esa:

“Suriyaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz. Lekin bu yerda ham barqarorlik bo‘lishi va bu siyosiy jarayonda ba’zi qadamlar tashlanishi kerak. Biz buni avvaldan aytib kelyapmiz”, - dedi.

 

 



Aloqador xabarlar