Hulusi Akar bilan Hakan Fidan Moskvada bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan Milliy Razvedka Tashkiloti Hakan Fidan Moskavada bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

1925203
Hulusi Akar bilan Hakan Fidan Moskvada bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi
akar moskova.jpg
akar-fidan.jpg

Türkiye – Rossiya - Suriya mudofaa vazirlari va razvedka tashkiloti rahbarlari Rossiya poytaxti Moskvada uchrashdi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, hamrohligidagi Milliy razvedka tashkiloti (MRT) rahbari Hakan Fidan bilan Moskvaga bordi.

Akar bilan Fidan, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Suriya Mudofaa vaziri Ali Mahmud Abbos bilan ikki davlat razvedka rahbarlari bilan uchrashdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida muhojirlar muammosi va Suriya tuproqlaridagi barcha terror tashkilotlariga qarshi kurash sa’y – harakatlari muhokama qilindi.

Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv natijasida, Suriya va butun mintaqada barqarorlikni taʼminlash va uni saqlash maqsadida uch tomonli formatdagi uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Milliy Mudofaa vaziri Akar, mamlakatga qaytishdan oldin Moskvadagi uchrashuvni baholadi. Unda, Suriya va mintaqadagi vaziyatni tezroq yaxshilash, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash uchun nimalar qilinishi mumkinligini muhokama qilganliklarini bildirdi.

Bu boradagi Türkiye ko‘z qarashi va fikrlarini yetkazganliklari shuningdek, boshqa jihatdan esa uchrashuvda ishtirok etgan ikkinchi va uchinchi tomonlar fikr va mulohazasini tinglaganliklarini ifoda etgan Akar, bu borada batafsil olaroq:

“Uchrashuvda biz koʻtargan eng muhim masalalardan biri terrorizmga qarshi kurash boʻldi. Biz barcha qoʻshnilarimiz, xususan Suriya va Iroqning hududiy yaxlitligi va suverenitet huquqlarini hurmat qilishimizni, yagona maqsadimiz terrorizmga qarshi kurashish ekani va boshqa niyatimiz yo‘qligini taʼkidladik. Suriya uchun ham tahdid solayotgan PKK/YPG va DEASh kabi terror tashkiloti a’zolarini yo‘q qilishni maqsad qilganimizni bildirdik. Yurtimiz, xalqimiz va hududimiz xavfsizligini ta’minlashga harakat qilayotganimizni ifoda etdik. Shuningdek, Suriya muammosining BMTXK 2254 raqamli qaror doirasida butunlay hal qilinishi kerakligini ta’kidladik. Shu ma’noda, keyingi kunlarda amalga oshiriluvchi faoliyatlarning mintaqa va Suriyada tinchlik va barqarorlik tomon yetaklagan yo‘lda jiddiy hissa qo‘shishi mumkin degan fikrdamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tez orada mintaqaga tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik o‘rnashini tilaganliklarini ta’kidlagan Akar,

“Buning uchun bugungacha va bundan buyon biz amalga oshiruvchi, bizning zimmamizga tushgan vazifalarni bajarishni, kerakli hissani qo‘shishni davom etamiz”. – dedi.

 



Aloqador xabarlar