Erdo'g’an Saudiya Arabistoni Sho’ro kengashi raisi Al Shayxni qabul qildi

Poytaxt Anqaradagi Prezidentlik majmuasida o'tkazilgan uchrashuv matbuotga yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

1923898
Erdo'g’an Saudiya Arabistoni Sho’ro kengashi raisi Al Shayxni qabul qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Saudiya Arabistoni Sho’ro kengashi raisi Abdulloh bin Muhammad Al Shayxni qabul qildi.

Poytaxt Anqaradagi Prezidentlik majmuasida o'tkazilgan uchrashuv matbuotga yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qabulda Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento'p ham ishtirok etdi.

Mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar do'stona aloqalarning rivojlanishiga va hamkorlikning kuchayishiga hissa qo'shganini tilga olgan Shento'p, siyosiy aloqalarning ham iqtisodiy va tijorat aloqalariga kuch qo'shishini qayd etdi.

U shuningdek, Turkiyaning Fors ko'rfazi mintaqasidagi davlatlarning xavfsizligi va barqarorligiga bergan ahamiyatiga to'xtalib o'tdi.

"Falastindan to Yamangacha, Liviyadan to Suriyagacha boʻlgan keng geografiyada yaqin hamkorlik va muvofiqlashtirishni taʼminlaganimiz butun mintaqamiz uchun katta foyda", deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar