Qora dengiz orqali tashilgan don miqdori 15 million tonnadan oshdi

Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailoʻgʻlu, “don yo‘lagi” orqali tashilgan yuk miqdori haqida yozma ravishda bayonot berdi.

1923378
Qora dengiz orqali tashilgan don miqdori 15 million tonnadan oshdi

Qora dengiz orqali tashilgan don miqdori 15 million tonnadan oshdi.

Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailoʻgʻlu, “don yo‘lagi” orqali tashilgan yuk miqdori haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Ukraina va Rossiya oʻrtasida yuz bergan urush yuzasidan paydo boʻlgan don inqirozini yodga solgan Karaismailoʻgʻlu, quyidagi ma’lumotlarni oʻrtoqlashdi:

“1-avgustdan 25-dekabrgacha Ukrainaning Odessa, Chornomorsk va Yujne portlaridan jami 585 ta kema yoʻlga chiqdi. Tashilgan yuklarning umumiy hajmi 15 million 80 ming tonnadan oshdi. Kemalar orqali arpa, bug‘doy, soya, kungaboqar uni, bug‘doy kepagi, no‘xat, kungaboqar urug‘i, qayta ishlangan aralash oziq-ovqat, qand lavlagi, kungaboqar yog‘i, kolza urug‘i, makkajo‘xori va soya yog‘i kabi 13 turdagi yuk tashildi”.

Karaismailo‘g‘lu 585 ta kemadan 200 tasi Türkiye bayrog‘i bilan yo‘lga chiqqanini bildirgan holda o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Jami yukning 15 foizi mamlakatimizga yetib keldi. Ularning 12 foizi Afrikaga, 29 foizi Osiyoga, 44 foizi Yevropaga tashildi. Eng koʻp yuk 2 million 891 ming 117 tonna bilan Ispaniyaga tashildi. Eng ko‘p yuk Ispaniyadan keyin Türkiye bilan Xitoyga tashildi. Türkiyega 2 million 247 ming 564 tonna, Xitoyga esa 2 million 162 ming 210 tonna”.

 



Aloqador xabarlar