Kalin Fransiyadagi PKK harakatlariga munosabat bildirdi
Ibrahim Kalin, Fransiya poytaxti Parijda terror tashkiloti tarafdorlari tomonidan sodir etilgan zoʻravonlik harakatlarni ijtimoiy tarmoq hisobi orqali boʻlishdi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Fransiyadagi PKK terror tashkiloti harakatlariga munosabat bildirdi.
Ibrahim Kalin, Fransiya poytaxti Parijda terror tashkiloti tarafdorlari tomonidan sodir etilgan zoʻravonlik harakatlarni ijtimoiy tarmoq hisobi orqali boʻlishib:
“Bu Frantsiyadagi PKK. Suriyada siz qoʻllab-quvvatlayotgan terror tashkiloti”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Fransiyaga munosabat bildirgan Kalin:
“Huddi shu PKK oxirgi 40 yilda minglab turk, kurd va xavfsizlik kuchlarini qatl qildi. Endi esa Parij koʻchalarini yoqmoqda. Hali ham indamay turaverasizlarmi?” – deb savol berdi.
Fransiya poytaxti Parijda juma kuni uch kishining hayotiga zomin boʻlgan hujum ortidan yuz bergan voqealar davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz:
Terror tarafdorlarining hujumkorligi Parij chegarasiga yetib bordi. Fransiyaning Marsel shahrida sodir boʻlgan voqealarda politsiya boʻlimi toshboʻron qilinib, 2 ta politsiya mashinasi, chiqindi qutilari va avtobus bekatiga oʻt qoʻyildi. Doʻkonlar esa vayron qilindi.
Mamlakatda, PKK terror tashkiloti tarafdorlari yoʻl ochgan zoʻravonliklarda 31 nafar Frantsiya politsiyasi tan jarohati olar ekan, shubha ostidagi 11 kishi qoʻlga olindi.
Aloqador xabarlar

Erdo‘g‘an Adiyamandagi yangi uylarining poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etadi
Erdo‘g‘an, bugun Adiyamandagi yangi uylarining poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etadi.

Turkiya saylov natijalarining turkman xalqiga hayirli bo‘lishini tiladi
Kecha, 26-mart kuni Turkmanistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi.