Bugun Türkiye - Gruziya - Ozarbayjon mudofaa vazirlari uchrashadi

Bugun Kayserida, toʻqqizinchi Türkiye - Gruziya - Ozarbayjon mudofaa vazirlari yigʻilishi uyushtirilmoqda.

1921488
Bugun Türkiye - Gruziya - Ozarbayjon mudofaa vazirlari uchrashadi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun Ozarbayjon va Gruziya mudofaa vazirlari bilan Kayserida boʻlib oʻtadigan Türkiye-Gruziya-Ozarbayjon mudofaa vazirlari yigʻilishida uchrashadi.

Toʻqqizinchi Türkiye-Gruziya-Ozarbayjon mudofaa vazirlari yigʻilishi Hulusi Akar mezbonligida, tugʻilib oʻsgan shahri Kayserida uyushtirilmoqda.

Mudofaa vaziri Akar, ikki kun davom etadigan ushbu yigʻilish doirasida Gruziya Mudofaa vaziri Juansher Burchuladze va Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zakir Hasanov bilan ikki va uch tomonli uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

Unda avvalom bor Gruziya, Ozarbayjon va Türkiye hamda mintaqa tinchligi, barqarorligi va kelajagi uchun amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Avvalgi uch tomonlama uchrashuv o‘tgan yilning oktyabr oyida Gruziyaning Telavi shahridagi Tsinandali mintaqasida bo‘lib o‘tgandi.



Aloqador xabarlar