Turkiya global inqirozlarni hal qilish uchun boshlagan tashabbuslari bilan bir qahramondir

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, Turkiya global inqirozlarni hal qilish uchun boshlagan tashabbuslari bilan bir qahramon ekanini aytdi.

1919873
Turkiya global inqirozlarni hal qilish uchun boshlagan tashabbuslari bilan bir qahramondir

 

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, Turkiya global inqirozlarni hal qilish uchun boshlagan tashabbuslari bilan bir qahramon ekanini aytdi.

Altun Istanbulda bo'lib o'tgan "Turkiya  Ulus  Branding Forum"da nutq so'zladi.

Yangi tartib zarurati butun dunyoda juda baland ovozda aytilganini ta'kidlagan Altun,

“Global muammolardan muvaffaqiyatli oʻtgan Turkiya mintaqaviy inqirozlar va global mojarolarning hal etilishiga ham hissa qoʻshmoqda. Turkiya o'zining prinsipial tashqi siyosati bilan global tinchlik va barqarorlik uchun markaziy davlat mavqeini mustahkamladi. Diplomatiyadan gumanitar yordamga, sog’likdan atrof-muhitga qadar biz qurgan Turkiya modellari bugun dunyoga o’rnak bo’ldi” dedi.

Altun,

Turkiya sarmoyadan savdoga, sog’likdan ta’limga, barqaror energiyadan texnologiya va innovatsiyaga, gumanitar diplomatiyadan tinchlik vositachiligiga qadar barcha sohalarda kuchli qadamlar tashlagan mintaqaviy kuch va global o’yinchidir” dedi.

Turkiyaning bugungi kunda deyarli har bir sohada fikr va tajribalari muhokama qilinadigan, nizolarni hal qilish manzili boʻlgan orkestr dirijyoriga oʻxshaganligini taʼkidlab,

“Turkiya global inqirozlarning yechimi uchun olib borgan tashabbuslari bilan bir qahramon. Turkiya mazlumlar tomonida, zolimga qarshi. Turkiya insoniyatga xizmat qiladigan qadriyatlar himoyachisidir” deya ifodaladi.

 



Aloqador xabarlar