Prezident Erdo‘g‘an Vyacheslav Volodinni qabul qildi
Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin, amaliy tashrif bilan Türkiyeda.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinni qabul qildi.
Prezidentlik kulliyasidagi qabulda Türkiye Buyuk Millat majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘p ham ishtirok etdi.
Volodin bilan Shentop, o‘zaro va hay’atlararo uchrashuvlar ham o‘tkazdi.
Uchrashuvlar ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanda Shento‘p, Türkiye va Rossiya parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishni ko‘zlagan ko‘plab loyihalarni baholaganliklarini bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning siyosiy, iqtisodiy va savdo sohalarida alo darajada ekanini ifoda etdi.
Sento‘p,
“Türkiye va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar faqat ikki tomonli munosabatlardan iborat emas. Ham mintaqaviy ham global masalalarda tinchlik va insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan kuch va tabiatga egadir”, - dedi.
Volodin esa pandemiyadan oldin TBMM va Federatsiya kengashi o‘rtasida tashkil etilgan Oliy darajadagi hamkorlik komissiyasining birinchi yig‘ilishini Moskvada o‘tkazishni taklif qildi.
Terrorizmga qarshi kurash va mintaqalararo hamkorlik konferensiyasiga to‘xtalgan Volodin:
“Konferentsiyaga Eron, Pokiston, Xitoy, Suriya va boshqa davlatlardan (vakillar) ishtirok etishlarini kutamiz. Umid qilamanki, biz hamfikr bo‘lgan mavzularni birgalikda muhokama qilamiz. Ushbu tadbirni, kelasi yilning birinchi yarmida oʻtkazishni rejalashtiryapmiz”, -deya gapirdi.