Istanbulda “TRT World Forum - 2022” o'z ishini boshladi

"TRT World Forum"da 34 davlatdan 100ga yaqin ma’ruzachi ishtirok etmoqda.

1916966
Istanbulda “TRT World Forum - 2022” o'z ishini boshladi

 

Bugun, 9 dekabr kuni Istanbulda “TRT World Forum - 2022” o'z ishini boshladi.

TRT World Forum-2022 bu safar “Kelajakni Shakllantirish: Noaniqliklar, Haqiqat va Imkoniyatlar” mavzusida o'tkazilmoqda.

Mazkur tadbirda 34 davlatdan 100ga yaqin ma’ruzachi ishtirok etmoqda. Ushbu xalqaro forum butun dunyodan yetakchilar, ekspertlar va akademiklar global muammolarni muhokama qilishi va yechimlarni taklif qilishini maqsad qilgan.

Pandemiya sababli 2020 va 2021 yillarda onlayn o'tkazilgan "TRT World Forum" bu yil Istanbulda butun dunyodan taniqli mehmonlarni qabul qilmoqda.

9-10 dekabr kunlarini o'z ichiga olgan tadbirda energiya inqirozidan global migratsiya inqirozigacha, oziq-ovqat xavfsizligidan tortib, islomofobiyagacha bo'lgan ko'plab masalalar ochiq sessiyalar va davra suhbatlarida muhokama qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #TRT World Forum

Aloqador xabarlar