Mavlud Chavusho’g’li G’arbiy Frakiya turk etnik xalq maslahat kengashi a’zolarini qabul qildi

"Gretsiya Lozanna shartnomasini va vatandoshlarimizning asosiy inson huquqlarini buzishda davom etmoqda. Biz G'arbiy Frakiya turklarini hech qachon yolg'iz tashlab qo'ymadik" ,-deydi Mavlud Chavusho’g’li uchrashuv chog'ida.

1916720
Mavlud Chavusho’g’li G’arbiy Frakiya turk etnik xalq maslahat kengashi a’zolarini qabul qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li G’arbiy Frakiya Turk ozchilik maslahat kengashi a’zolarini poytaxt Ankarada qabul qildi.

"Gretsiya Lozanna shartnomasini va vatandoshlarimizning asosiy inson huquqlarini buzishda davom etmoqda. Biz G'arbiy Frakiya turklarini hech qachon yolg'iz tashlab qo'ymadik" ,-deydi Mavlud Chavusho’g’li uchrashuv chog'ida.

Chavusho’g’li Gretsiya G’arbiy Frakiyadagi turklarni “turk” shaxsiyati sifatida tan olmasligiga diqqat qaratdi.

Uning ta'kidlashicha, Gretsiya u yerdagi turklarga oid maktablar, jamg'armalar, uyushmalar va jamoat tashkilotlari nomlarida “Turk” so’zini ishlatishga ruxsat bermayotir.

Yevropa Inson huquqlari Sudi Gretsiyani bu qonunbuzarliklar uchun uch marta hukm qilganini eslatgan Chavusho’g’li, Afina ma’muriyati Yevropa Inson huquqlari Sudining bu qarorlariga taxminan 15 yildan beri amal qilmaganini ta’kidladi.

"Gretsiya Turk ozchilikning o'z diniy vakillarini saylashiga ruxsat bermaydi. Gretsiyaning yangi muftiylik qonuni 1923 yilgi Lozanna tinchlik shartnomasiga ziddir va turk ozchilikni asosiy inson huquqlaridan mahrum qiladi. Gretsiya G'arbiy Frakiyadagi Turk vaqf mulklarini musodara qiladi. Gretsiya o'zboshimchalik bilan moliyaviy tekshiruvlar va soliq jazolarini qo'llash orqali turk ozchilikni kamsitmoqda", deydi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Gretsiya so'nggi 15 yil ichida 90 dan ortiq turklarga oid boshlang'ich maktabini yopib qo'yganiga diqqat qaratgan Chavusho'g'li, yangi turk ozchilik maktablarining ochilishiga ruxsat bermayotganini aytdi.

"Gretsiya mavjud ozchilik maktablari binolarini rekonstruksiya qilish va kengaytirishga ruxsat bermayapti. Gretsiya turk ozchilik maktablarida ishlash uchun yetarlicha turk oʻqituvchilarining tayinlanishiga toʻsqinlik qilmoqda. Gretsiya ham turkcha dars materiallarini yangilanishiga toʻsqinlik qilmoqda",-deydi u.

 


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya , #Mavlud Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar