Erdo'g'an: "Kelasi yilga qadar inflyatsiya ortishini cheklaymiz"

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an mamlakatda eksport ko'rsatgichi har oy rekord o'rnatib, 300 milliard dollarga yaqinlashayotganini aytdi.

1916440
Erdo'g'an: "Kelasi yilga qadar inflyatsiya ortishini cheklaymiz"

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an mamlakatda eksport ko'rsatgichi har oy rekord o'rnatib, 300 milliard dollarga yaqinlashayotganini aytdi.

Erdo'g’an bu haqda "Turkiya 2023 sammiti va pul siyosati" muzokaralariga yo’llagan videomurojaatida ma'lum qildi.

Dunyo oxirgi 3 yil davomida epidemiya bilan boshlangan og’riqli jarayonni boshidan o’tkazganini aytgan Erdo'g'an, bu jarayon qizg’in to’qnashuvlar va mintaqaviy tarangliklar bilan yanada murakkablashganini tilga oldi.

So'nggi yillarda eng yuqori ko'rsatkichlarga erishgan energiya, oziq-ovqat va xom ashyo narxlari va bu tufayli yuzaga kelgan inflyatsiya muammosi barcha iqtisodiyotlarni qiyin ahvolda solganini tilga olgan Erdo'g'an, Turkiya bu notinch davrni boshqa davlatlarga nisbatan qulay o'tkazgan davlatlardan biri ekanligini aytdi. 

Prezidentning ta'kidlashicha, eksport har oy rekord o‘rnatib, 300 milliard dollarga yaqinlashmoqda.

“Biz olayotgan chora-tadbirlar samarasi bilan kelasi yil boshiga qadar inflyatsiya ortishini cheklaymiz degan umiddaman", deydi prezident Erdo'g'an.

U shuningdek, 2023-yilni iqtisodiyot va energetikada bo'lgani kabi mudofaa sanoatida ham ko'plab yangiliklar amalga oshirilgan muhim bosqichga aylantirishga qat'iy qaror qilganligini aytdi.

""Turkiya asri"ga oid tasavvurimizni barcha jihatlari bilan amalga oshirmagunimizcha to’xtamaymiz va kurashimizni uzluksiz davom ettiramiz”,- deb qo'shimcha qiladi Erdo'g'an.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar