Ibrohim Kalin AQShning Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi bilan muloqot qildi

Muloqot chog'ida ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy munosabatlar, mudofaa sanoati, Rossiya-Ukraina urushi, Sharqiy O'rta yer dengizi, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zolik jarayoni, Suriya va Iroqdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

1916181
Ibrohim Kalin AQShning Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin AQShning Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sullivan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ma'lumotga ko'ra, muloqot chog'ida ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy munosabatlar, mudofaa sanoati, Rossiya-Ukraina urushi, Sharqiy O'rta yer dengizi, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zolik jarayoni, Suriya va Iroqdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, terrorizmga qarshi kurash, global va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

G20 sammiti doirasida Balida o'tkazilgan yetakchilar uchrashuvidan mamnunlik qayd etilar ekan, global va mintaqaviy muammolar yuzasidan muloqot va maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

NATOning ikki ittifoqchisi Turkiya va AQSh strategik ustuvorlik va mushtarak manfaatlarga e’tibor qaratishlari zarurligi ta’kidlandi.

Mudofaa sanoati sohasida davom etayotgan hamkorlikning ahamiyati qayd etilgan muloqotda, Turkiyaning F-16 sotib olish va modernizatsiya talabini tasdiqlash jarayonining AQSh Kongressi tomonidan so'zsiz yakunlanishi haqidagi umidlari bildirildi.

Ukraina urushining cho‘zilishi global inqirozni yanada chuqurlashtirgani, urushni to‘xtatib, tomonlarni muzokaralarga qaytarish zarurligi ta’kidlandi.

Turkiyaning otashkesimga yo'l ochib berishi mumkin bo'lgan diplomatik tashabbuslarini, jumladan asir almashish va don kelishuvini qat'iyat bilan davom ettirayotgani ma'lum qilindi.

Turkiyaning Suriya va Iroqdagi amaliyotlarida milliy xavfsizlikka tahdid solayotgan PKK/PYD/YPG bo’lginchi terror tashkilotlari nishonga olingani ta’kidlandi.

Terror hujumlariga uchragan Turkiya BMT konventsiyasining 51-moddasiga ko‘ra o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanligi eslatildi. Turkiyaning har qanday terror tahdid va tahdidlarini bartaraf etishda qat’iy ekanligi ta’kidlandi.

Finlyandiya va Shvetsiya erishgan yutuqlardan mamnun ekanliklarini bildirar ekan, iyun oyida Madridda imzolangan uch tomonlama bitimdagi barcha majburiyatlar bajarilishi lozimligi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Ibrohim Kalin

Aloqador xabarlar