AQSH Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berish bo‘yicha cheklovni bekor qildi
AQSH mudofaa byudjeti bo‘yicha qonun loyihasining yakuniy versiyasida Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berish uchun taqiq olib tashlandi.

AQSH mudofaa byudjeti bo‘yicha qonun loyihasining yakuniy versiyasida Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berish uchun taqiq olib tashlandi.
Qonun loyihasida AQSH mudofaa byudjeti (National Defense Authorization Act, NDAA) miqdori 857 milliard dollar qilib belgilandi, deyiladi Anadolu agentligi tarqatgan xabarda.
Avvalroq AQSH Turkiyaga mamlakatning eng yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish dasturidan chiqarilgani haqida rasman bildirgi jo‘natgan edi. Bunga Anqaraning Rossiyadan S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini sotib olgani sabab bo‘lgandi.
Vashington Turkiya bilan F-35 bo‘yicha qo‘shma memorandumni bekor qildi, ushbu hujjat qolgan yettita hamkor bilan imzolangan. Mazkur dasturga Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Kanada va Norvegiya kiritilgan.
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an keyinchalik AQSHga boshqa qiruvchi samolyotlarni (F-16ning to‘rtinchi avlodini) sotib olish taklifini ilgari surdi. Bu masala ham AQSH kongressi bilan kelishilishi kerak. AQSH davlat departamenti kongressmenlarni ushbu savdo Vashington manfaatlariga xizmat qiladi deb ishontirishga harakat qilmoqda, deyiladi xabarda.