Turkiya AQShning F-16 qiruvchi samolyotlari bo'yicha qaroriga munosabat bildirdi

Mavlud Chavusho’g’li AQSH mudofaa byudjeti bo‘yicha qonun loyihasining yakuniy versiyasida Turkiyaning F-16 samolyotlarini sotib olishi bilan bog’liq salbiy elementning yo’qligi ijobiy o’zgarish ekanligini bildirdi.

1916106
Turkiya AQShning F-16 qiruvchi samolyotlari bo'yicha qaroriga munosabat bildirdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li AQSH mudofaa byudjeti bo‘yicha qonun loyihasining yakuniy versiyasida Turkiyaning F-16 samolyotlarini sotib olishi bilan bog’liq salbiy elementning yo’qligi ijobiy o’zgarish ekanligini bildirdi.

Mavlud Chavusho’g’li bu haqda Moldova Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Niku Popesku bilan Istanbulda o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Uchrashuvning savol-javob qismida, AQSh Kongressi Vakillar Palatasida Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olishini cheklovchi bandlarning olib tashlanishi haqidagi savolga Chavusho’g’li, F-16 mavzusida AQSh bilan olib borilgan muzokaralarning konstruktiv o’tganini aytdi.

Chavusho’g’li AQSh ma’muriyati ham o’zaro uchrashuv va bayonotlarida Turkiyaning F-16 sotib olishini to’liq qo’llab-quvvatlaganini bildirdi.

“Ular buning NATO uchun juda foydali ekanligini ham ta’kidladilar”,- dedi u.

Indoneziyaning Bali shahrida bo'lib o'tgan G20 sammitida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashgan AQSh Prezidenti Jo Bayden ham qo'llab-quvvatlaganini ta'kidlagan Chavusho'g'li:

"Bu erda Kongressning roli ham muhim. Shuning uchun Kongressning roli ijobiy bo'lishi kerak. Oxir oqibat, ovozga qo'yiladigan AQSH mudofaa byudjeti bo‘yicha qonun loyihasi to'g'risidagi qonunning yakuniy matnida salbiy element yo'qligi ijobiy holatdir. Biz buni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Endi uni yakunlash kerak. Bu qonun ham tasdiqlanishi kerak. Bizning F-16 samolyotlarini sotib olish va mavjudlarini modernizatsiya qilish endi protsedura sifatida yakunlanishi kerak. Bundan hamma manfaatdor bo'ladi",-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #F-16 , #Mavlud Chovusho'g'li , #Turkiya

Aloqador xabarlar