Chavusho‘g‘li: "Rossiya va Ukrainaning taqdiri bahorgacha ma’lum bo‘ladi"

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li MED O‘rtayer dengizi forumi sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

1916119
Chavusho‘g‘li: "Rossiya va Ukrainaning taqdiri bahorgacha ma’lum bo‘ladi"

 

Rossiya va Ukrainaning taqdiri bahorgacha ma’lum bo‘ladi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li MED O‘rtayer dengizi forumi sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. 

"O‘ylaymanki, bahor boshlanishidan oldin Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi muzokara jarayonining davom etishi manzarasi yanada oydinlashadi. Biz ko‘nglimizni tushirmaymiz va bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz",-deydi u.

Turkiya diplomatiyasi rahbari Anqara Ukraina yerlarining Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinishini tan olmaganini, urush boshlanganidan keyin esa harbiy kemalar uchun bo‘g‘ozlarni yopib qo‘yganini eslatdi. 

Shu bilan birga, u faqat inqiroz davridagina Anqara bilan aloqaga intilayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlarining pozitsiyasini tanqid qildi. 

“Ukraina masalasida Yevropa Ittifoqi Anqara bilan maslahatlashmagan ham. Shu bilan birga, Bryusselda Turkiya kerak bo‘lishi bilanoq, ular darhol aloqaga chiqadilar. Menimcha, Yevropa Ittifoqi Turkiyaning rolini qabul qilish vaqti keldi. Yevropa chegaralari Gretsiya chegaralaridan emas, Turkiyadan boshlanadi”, deydi u. 

Vazir, shuningdek, Anqaraning terrorizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasiga e’tibor qaratdi. U Turkiya oxirgi yillarda Yevropa davlatlariga 9 mingdan ortiq xorijiy terrorist yollanma askarlarini topshirganini eslatdi. 

“Terrorizmga qarshi kurashda biz ko‘p mamlakatlardan ko‘proq narsani qildik”, deydi u. 

Terrorizmga qarshi kurash mavzusini davom ettirgan Chavusho‘g‘li, Suriya shimolini nafaqat DEAShdan, balki boshqa terror tashkilotlaridan ham tozalash zarurligini qayd etdi. Uning alohida urg‘ulashicha, operatsiyalarni davom ettirish kerak.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chovusho'g'li

Aloqador xabarlar