Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Kaikkonen Turkiyaga tashrif buyuradi

Oliy martabali mehmon payshanba kuni vazirlik qarorgohida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar tomonidan kutib olinadi.

1915302
Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Kaikkonen Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Finlyandiya Mudofaa vaziri Antti Kaikkonen rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keladi.

Bu haqda Milliy Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, Oliy martabali mehmon payshanba kuni vazirlik qarorgohida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar tomonidan kutib olinadi.

Uchrashuvda ikki tomonlama mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda Finlyandiyaning NATOga a’zolik jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda.

Finlyandiyaning NATOga a’zo bo'lish jarayoni haqida matbuotga brifing bergan Hulusi Akar, Turkiya NATOning ochiq eshiklar siyosati bilan bog’liq muammosi yo’qligini, lekin Turkiyaning siyosatiga hurmat ko’rsatish kerakligini ta’kidladi.

NATO xavfsizlik tashkiloti ekanligini ta'kidlagan Akar, "Terrorizm NATOning eng katta kurash sohalaridan biridir. Terrorizm hozir barcha davlatlar uchun jiddiy muammo. Turkiya birdan ortiq terror tashkilotiga qarshi kurashayotgan yagona davlat. Buni koʻrish va bu borada nimalar qilayotganimizdan xabardor boʻlish kerak”,-dedi.

Iyun oyidagi Madrid sammitida Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga aʼzolik jarayoni boʻyicha uch tomonlama memorandum imzolnganini eslatgan Hulusi Akar, “Memorandum aniq. Shvetsiya va Finlyandiya tomonidan imzolangan majburiyatlar bor. Bular bajarilishi kerak. Biz bu mamlakatlarda baʼzi provokatsion harakatlar va tasvirlar davom etayotganidan afsusdamiz. Shvetsiya ham, Finlyandiya ham aniq qadamlar tashlashini kutamiz”, dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Antti Kaikkonen , #Finlyandiya

Aloqador xabarlar