Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlari qo'shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazmoqda

Qo‘shma mashg‘ulotlarda urush davrida qo‘shinlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash, boshqaruvni takomillashtirish, tajriba almashish va shaxsiy tarkibning professional mahoratini oshirish ko‘zda tutilgan.

1914735
Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlari qo'shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazmoqda

 

Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlari Ozarbayjonda qo'shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, ikki davlat o'rtasidagi harbiy hamkorlik kelishuvi doirasida Turkiya va Ozarbayjon qo'shinlari Baku, Astara, Jabroyil va Imisli viloyatlarida mashg'ulotlarni boshladi.

Mashg‘ulotlarda quruqlik va havo kuchlari, maxsus bo‘linmalar, muhandislik bo‘linmalari, raketa va artilleriya bo‘linmalari ishtirok etmoqda.

Zamonaviy jangovar uslublar qo‘llanilgan mashg‘ulotlarda turli bo‘linmalarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, daryolardan o‘tish uchun ko'chma ko‘priklarni o‘rnatish va dushman zonasiga qo‘nish kabi vazifalar bajarilmoqda.

Qo‘shma mashg‘ulotlarda urush davrida qo‘shinlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash, boshqaruvni takomillashtirish, tajriba almashish va shaxsiy tarkibning professional mahoratini oshirish ko‘zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar