"Kizilelma" sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Bayraktar Kizilelma tovushdan tez uchuvchi qiruvchi dron bo‘ladi.

1914928
"Kizilelma" sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

 

Turkiyaning Baykar kompaniyasi bosh rahbari Selchuk Bayraktar mamlakatning birinchi qiruvchi droni Bayraktar Kizilelma sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirganini e’lon qildi.

"Bayraktar Kizilelma — inshoolloh, juda oz vaqt qoldi", deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

"Kizilelma" — MIUS jangovar uchuvchisiz samolyotlar kompleksi loyihasi doirasida yaratilgan, tovushdan tez uchuvchi qiruvchi samolyotdir. U Ukrainaning AI-322F yoki Turkiyaning TF-6000 dvigateli bilan jihozlanishi mumkin.

Baykar kompaniyasi o‘zining Bayraktar TB2 harbiy dronlari bilan nom qozongan. Ukrainadagi urushda ukrainalik harbiylar Bayraktar TB2 dronlaridan rus qo‘shinlariga qarshi faol foydalanmoqda.

Avvalroq, Baykar kompaniyasi Ukrainada hujumchi dronlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini ikki yil ichida yakunlash rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.


Tanlangan kalimalar: #Bayraktar , #Kizilelma

Aloqador xabarlar