Sulaymon Soylu Italiya ichki ishlar vaziri bilan muloqot qildi
Suhbat chog'ida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik, jandarmeriya va qirg'oq qo'riqlash sohalarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
1913533

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Piantedosi bilan telefon orqali muloqot qildi.
Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, suhbat chog'ida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik, jandarmeriya va qirg'oq qo'riqlash sohalarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda shuningdek, ikki vazirlik o‘rtasidagi so‘nggi yillarda kuchayib borayotgan ikki tomonlama munosabatlarning yanada yaxshilanishiga kelishib olindi.