Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri Jeyms Ostin bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Turkiya-AQSh munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

1913313
Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri Jeyms Ostin bilan muloqot qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Milliy Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida Turkiya-AQSh munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Turkiya va AQShning ikki muhim ittifoqchi ekanligini ta'kidlagan Akar, terrorizmga qarshi operatsiyalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Shartnomasining 51-moddasidan kelib chiqadigan o'z-o'zini himoya qilish huquqi doirasida amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

Terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik va birdamlik mintaqaviy va global tinchlik va xavfsizlikka hissa qo'shishini tilga olgan Hulusi Akar bu doirada Turkiyaning DEASH va boshqa barcha terror tashkilotlariga qarshi kurashda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

U shuningdek, terrorizmga qarshi operatsiyalarda "Terrorchilar yagona nishon" ekanligini va koalitsiya kuchlariga yoki tinch aholiga zarar yetkazish haqida gap bo'lishi ham emasligini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar