Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Italiyaga safar qiladi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 2022-yil 1-2-dekabr kunlari Rimda boʻlib oʻtadigan 8-Oʻrta yer dengizi muloqot forumida ishtirok etadi.
1913296

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun, 1 dekabr kuni Italiya poytaxti Rimda o’tkaziladigan 8-O’rta Yer dengizi muloqot forumida ishtirok etish uchun Italiyaga jo'nab ketadi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Janob vazir 2022-yil 1-2-dekabr kunlari Rimda boʻlib oʻtadigan 8-Oʻrta yer dengizi muloqot forumida ishtirok etish uchun Italiyada bo'ladi va 2 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan “Maxsus muloqot” sessiyasida mintaqaviy va xalqaro masalalar boʻyicha tashqi siyosatimiz haqida soʻz yuritadi”,- deyiladi xabarda.
Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida ishtirokchi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv amalga oshirishi rejalangan.