Yevropa Parlamentida “Yana ham adolatli dunyo qurish mumkin” nomli panel o'tkazildi

Tadbirda Yevropaning turli davlatlaridan kelgan ekspertlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmasidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun zarur islohotlarni muhokama qildi.

1913208
Yevropa Parlamentida “Yana ham adolatli dunyo qurish mumkin” nomli panel o'tkazildi

 

Turkiya Prezidenti huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar departamenti tomonidan Belgiya poytaxti Bryusseldagi Yevropa Parlamentida “Yana ham adolatli dunyo qurish mumkin” nomli panel uyushtirildi.

Tadbirda Yevropaning turli davlatlaridan kelgan ekspertlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmasidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun zarur islohotlarni muhokama qildi.

Shuningdek, panelda yanada prinsipial, keng qamrovli, strategik va qoʻllaniladigan model boʻyicha oʻz takliflarini taqdim etdilar.

Yevropa Ittifoqining aloqa va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha maslahatchisi Joanna Magdalenaning yetakchiligidagi ekspertlar hozirgi tuzilmaning yangi tahdidlarga munosib yechim bera olmasligini muhokama qildilar va Prezident Rajap Tayyip Erdo'gʻanning “Yana ham adolatli dunyo qurish mumkin” degan kitobida ilgari surilgan fikrlar yuzasidan fikr almashdilar. 

TRT World Tashqi siyosat mutaxassisi Yusuf Erim BMTning hozirgi tuzilishi qochqinlar, terrorizm va iqlim o'zgarishi kabi global muammolar bilan shug'ullanish uchun yetarli emasligiga diqqat qaratdi.

U BMT Xavfsizlik Kengashida Afrika va Janubiy Amerikaning doimiy vakili bo'lishi zarurligini ta'kidladi.

APning siyosat va strategik kommunikatsiyalar bo'yicha maslahatchisi Ipek Tekdemir, Yevropa Ittifoqining dunyo tartibini yanada adolatli qilish uchun qanday qadamlar tashlashi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yevropa konservatorlari va islohotchilar partiyasining sobiq bosh direktori Richard Milsom 70 yillik dunyo tartibi yangi tahdidlarga yechim topish uchun yetarli emasligini ta’kidladi.

Yevropa qoʻshnichilik kengashi tahlil markazi direktori Samuel Doveri Vesterbye bu maʼnoda Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) kabi rivojlanayotgan institutlarning ahamiyati haqida gapirdi.

NATO va tahlil markazlarining strategik tahlilchisi va siyosat bo'yicha maslahatchisi Maurizo Geri BMT Xavfsizlik Kengashidagi ko'pchilik ovozlarga qarshi veto masalasi demokratik tuzilishga to'g'ri kelmaydigan eskicha tushuncha ekanligini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar