Mavlud Chavusho‘g‘li Buxarestda Dmitriy Kuleba bilan uchrashdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li uchrashuvda Anqara Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishini bildirdi.

1913386
Mavlud Chavusho‘g‘li Buxarestda Dmitriy Kuleba bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li kecha, 30 noyabr kuni Buxarestda ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan uchrashuv o‘tkazdi.

U uchrashuvda Anqara Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishini bildirdi.

Muzokaralar Ruminiya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tdi. 

“Ukrainalik hamkasbimiz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda biz Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashimizni va barqaror o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni davom ettirishimizni ma’lum qildik”, deb yozdi Chavusho‘g‘li Twitter’da. 

Buxarestdagi NATO yig‘ilishida nutq so‘zlagan Chavusho‘g‘li, avvalroq Turkiya Ukraina inqirozining erta va adolatli tinch yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori ekanligini va buning uchun tegishli choralarni ko‘rayotganini aytgandi.



Aloqador xabarlar