Erdo'g'an Turkiya 2022 yilni rekord darajadagi o'sish bilan yakunlashini aytdi
Erdo’g’an bu so’zlarni Adolat va taraqqiyot partiyasi qarorgohida o’tkazilgan kengaytirilgan Viloyat hokimlari yig’ilishida so’zlagan nutqida tilga oldi.
Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Turkiya 2022 yilni rekord darajadagi o'sish bilan yakunlashini aytdi.
Erdo’g’an bu so’zlarni Adolat va taraqqiyot partiyasi qarorgohida o’tkazilgan kengaytirilgan Viloyat hokimlari yig’ilishida so’zlagan nutqida tilga oldi.
“Turkiya Asri” dasturimiz bilan respublikamizning yangi asrga bundanda katta orzular va hayajon bilan qadam bosishiga umid bag’ishladik”,-dedi Erdo’g'an.
“Turkiyaning 2022 yil uchinchi choragidagi o’sish ko’rsatgichi 3,9 foiz deb e’lon qilingan bo’lsa, ikkinchi chorakdagi o’sish 7,7 sifatida prognoz qilindi. Global turg'unlik xavotirlari ortib borayotgan bir davrda Turkiyaning o'sishni davom ettirishi juda ahamiyatlidir. Umid qilamizki, 2022-yilni iqtisodiy o’sish bo’yicha rekord darajada yakunlab, 2023-yilni yaxshi umidlar bilan kutib olamiz”,-deb ilova qilga Turkiya prezidenti.
Erdo’g'an shuningdek, “Agar Turkiya bugungi kunda iqtisodda toʻlqin boʻlayotgan boʻlsa, uchinchi chorakda iqtisodiy oʻsishda 3.9 foizga erishgan holda, G20 davlatlari orasida birinchi 5talik qatoriga kiradi. Turkiya tobora kuchayib bormoqda. Turkiyaning o'sishini to'xtatib bo'lmaydi”,- dedi.
Prezident ayni vaqtda, fuqarolarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.