Mavlud Chavusho’g’li Estoniya va Portugaliya TIV rahbarlari bilan uchrashdi
Uchrashuvlarda NATOning kengayishi va Ukrainadagi urush bilan bog’liq so’nggi o’zgarishlar muhokama qilindi.
1912799

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ruminiya poytaxti Buxarestda Estoniya Tashqi ishlar vaziri Urmas Reinsalu va Portugaliya Tashqi ishlar vaziri Joao Gomes Cravinho bilan uchrashdi.
Bu haqda vazir Chavusho’g’li o’zining Twitter'dagi sahifasida ma'lum qildi.
Uchrashuvda NATOning kengayishi va Ukrainadagi urush bilan bog’liq so’nggi o’zgarishlar muhokama qilindi.
Chavusho’g’li Portugaliya tashqi ishlar vaziri Joao Gomes Cravinho bilan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.