Hulusi Akar Fransiya va Isroil mudofaa vazirlari bilan muloqot qildi

Hulusi Akar va Sebastian Lekornu suhbat chog'ida ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari haqida fikr almashgan.

1912641
Hulusi Akar Fransiya va Isroil mudofaa vazirlari bilan muloqot qildi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Fransiya mudofaa vaziri Sebastian Lekornu va Isroil Mudofaa vaziri Benni Gantz bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Milliy Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Hulusi Akar va Sebastian Lekornu suhbat chog'ida ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari haqida fikr almashgan.

Shuningdek, Benni Gantz mudofaa vaziri lavozimidan iste'fo etgani sababli vidolashuv maqsadida Hulusi Akarga qo'ng'iroq qilgan. Akar ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni o'zaro manfaat asosida rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun unga minnatdorlik bildirgan. Qolaversa, kelgusidagi yangi vazifalarida muvaffaqiyatlar tilagan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Turkiya , #Isroil , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar