Chavusho‘g‘li: "Turkiya Ukraina inqirozining tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdori"

Bu haqda kecha, 29 noyabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Buxarestda NATOga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ma’lum qildi.

1912791
Chavusho‘g‘li: "Turkiya Ukraina inqirozining tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdori"

 

Turkiya Ukraina inqirozining tez va adolatli tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdori va mojaro boshidanoq buning uchun tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Bu haqda kecha, 29 noyabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Buxarestda NATOga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ma’lum qildi. 

“Mojaroni yolg‘iz qoralash bilan hal qilish mumkin emas, harakatlar zarur. Ukrainaga adolatli tinchlik kerak, Turkiya esa Ukrainadagi urushning birinchi haftalaridanoq bunga erishmoqda”, deydi Chavusho‘g‘li. 

U Anqaraning g‘alla kelishuvini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvi, ikki davlat rahbariyati bilan muzokaralar olib borishiga e’tibor qaratib, ularni diplomatiya muvaffaqiyatining namunasi deb atadi. 

Chavusho‘g‘li, “Ommaga oshkor etilmagan boshqa maxfiy qadamlar ham bor edi”, dedi. 

Turkiya vaziri, shuningdek, Ukrainada Rossiya qurolli bosqini boshlanganidan beri Turkiya Montryo konvensiyasiga binoan, Qora dengizga birorta ham harbiy kemani kiritmaganini aytdi.  

“Montryo konvensiyasiga qat’iy rioya qilgan holda, biz Qora dengiz havzasida keskinlik kuchayishining oldini oldik. Mart oyidan buyon birorta ham harbiy kema Qora dengizga bo‘g‘oz orqali kirmadi. Rossiyaning birorta ham harbiy samolyoti Turkiya havo hududi orqali o‘tmagan”, deydi vazir.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chovusho'g'li , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar