Erdo'g'an: Turkiya turizmda shogirdlik davridan ustalik davriga qadam bosdi

Erdo'g’an Turkiya turizmchilar federatsiyasining poytaxt Anqarada o’tkazilgan 7-Favqulodda Bosh Assambleyasida nutq so’zladi.

1912521
Erdo'g'an: Turkiya turizmda shogirdlik davridan ustalik davriga qadam bosdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyani qayta shakllangan global, siyosiy va iqtisodiy arxitekturaning markaziga qo'yishni maqsad qilganligini aytdi.

Erdo'g’an Turkiya turizmchilar federatsiyasining poytaxt Anqarada o’tkazilgan 7-Favqulodda Bosh Assambleyasida nutq so’zladi.

Turkiya dunyoning barcha go'zalliklarini o'zida mujassam qilgan xazinasiga ega ekanligini ta'kidlagan Erdo'g'an, ko'plab shaharlar o'ziga xos turistik xususiyatga ega ekanini aytdi.

"Turizmda shogirdlik davrimizni tugatdik, endi ustalik davridamiz",- deydi Erdo'g'an.

"Global epidemiya davrida qisqacha tanaffus bergan bo'lsak ham, barchamiz sayyohlar soni bo'yicha ham, turizm daromadi bo'yicha ham mamlakatimizning eng yuqori cho'qqisini boshdan kechirmoqdamiz. Turkiyaning 2021-yilda sayyohlar soni boʻyicha dunyoda toʻrtinchi, turizm daromadi bo'yicha esa sakkizinchi oʻringa koʻtarilishi joriy yil juda ham yaxshi bosqichga kelishimizdan darak beradi. Maqsadimiz, mamlakatimizni qayta shakllantirilgan global, siyosiy va iqtisodiy arxitekturaning markaziga joylashtirish orqali imkoniyatlarni qo'ldan boy berishni oldini olishdir”,-deydi Turkiya prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar