Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Turkiyaga tashrif buyurdi

Tashrif doirasida Rashid Meredov bilan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

1912280
Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Turkmaniston Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov kecha, 28 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi.

Tashrif doirasida Rashid Meredov bilan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro mavzular bo'yicha fikr almashildi.

So'ngra tomonlar ishtirokida uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma matbuot anjumani o'tkazildi.

Meredov, ikki davlatning salohiyatini faollashtirish borasida hamfikr ekanligini, xalqaro tashkilotlardagi hamkorlikni ta'kidlab, Turkmanistonning so'nggi 15 yil ichida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga taqdim etgan 17 ta rezolyutsiya Turkiya tomonidan qo'llab-quvvatlanganini bildirdi.

Meredov ushbu yordamlar uchun Turkiyaga samimiy minnatdorlik bildirdi.

"Bugun Turkmaniston va Turkiya muhim xalqaro siyosat masalalari boʻyicha oʻxshash yoki yaqin qarashlarini bildirmoqda. Turkiya Turkmaniston tomonidan ilgari surilgan muhim xalqaro takliflarni har doim qoʻllab-quvvatlaydi. Turkmanistonning betaraflik siyosatini va xalqaro takliflarini yaqindan qoʻllab-quvvatlaganliklari uchun turk birodarlarimizga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz. Biz buni davom ettiramiz. Biz xalqaro tashkilotlarda bir-birimizni o'zaro qo'llab-quvvatlash siyosatimizni davom ettirishga kelishib oldik",- dedi Rashid Meredov.

Turkmaniston ham xalqaro tashkilotlar oldida Turkiyaning tashabbus va takliflarini qo’llab-quvvatlaganligini qayd etgan Meredov, Turkmaniston Istanbul sammitida Turk Davlatlari Tashkilotiga (TDT) kuzatuvchi sifatida ishtirok etganligini eslatdi.

Turkmanistonda boʻlib oʻtadigan Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama davlat rahbarlari sammitiga toʻxtalib oʻtgan Meredov, ushbu xalqaro tashabbusdan uch davlat ham manfaatdor bo'lishini taʼkidladi.

"Turkmanlar, ozarbayjonlar va turklar bu hamjihatlik bilan buyuk ishlarni amalga oshiramiz",- dedi Rashid Meredov.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rashid Meredov , #Turkmaniston

Aloqador xabarlar