Nureddin Nebatiy Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi
Uchrashuv 28-29 noyabr kunlari Istanbulda bo'lib o'tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va tijorat hamkorlik doimiy qoʻmitasining (COMCEC) 38-Vazirlar yigʻilishi doirasida amalga oshirildi.
Turkiya G‘aznachilik va moliya vaziri Nureddin Nebatiy Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Al Jasser bilan uchrashdi.
Nebatiy bu haqda oʻzining Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.
U 28-29 noyabr kunlari Istanbulda bo'lib o'tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va tijorat hamkorlik doimiy qoʻmitasining (COMCEC) 38-Vazirlar yigʻilishi munosabati bilan mamlakatga tashrif buyurgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Al Jasser bilan uchrashganini maʼlum qildi.
Uchrashuv samarali bo'lganini qayd etgan Nebatiy,
"Biz Islom taraqqiyot banki va mamlakatimiz o'rtasidagi yaqin hamkorlikdan mamnun ekanimizni bildirdik. Bundan tashqari, mamlakatimiz bankni qo'llab-quvvatlaydi. Uchrashuvda mamlakatimizning kuchli iqtisodiyoti taqdim etayotgan sarmoyaviy imkoniyatlar haqida maslahatlashdik",-dedi.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdoʻgʻan al – Nahyonga hamdardlik bildirdi
Prezident Erdoʻgʻan bilan Muhammad bin Zoid al - Nahyon telefon orqali muloqot qildi.