Prezident Erdogan va Kuba Prezidenti Bermudezning matbuot anjumani

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an Kuba bilan hamkorlikni kuchaytirishda  o’zaro irodaga ega ekanini aytdi.

1910441
Prezident Erdogan va Kuba Prezidenti Bermudezning matbuot anjumani

 

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an Kuba bilan hamkorlikni kuchaytirishda  o’zaro irodaga ega ekanini aytdi.

Prezident Erdo’g’an Turkiyaga tashrif buyurgan Kuba Prezidenti Migel Mario Diaz-Kanel Bermudezni rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Keyinchalik, yakkama-yakka uchrashuv o'tkazgan Erdo'g'an va Bermudez, delegatsiyalar o'rtasidagi uchrashuvlardan so'ng ikki davlat o'rtasida erishilgan kelishuvlarni imzolash marosimida ishtirok etdi.

Erdo’g'an, ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida Bermudez bilan bo'lgan uchrashuvda Turkiya-Kuba munosabatlarini har tomonlama muhokama qilganliklarini aytdi.

"Hamkorligimizni mustahkamlash uchun kuchli va oʻzaro irodamiz borligini koʻrishdan ham mamnunmiz. Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, Kubaga nisbatan yillar davomida joriy etilgan bir tomonlama sanksiyalar munosabatlarimizning haqiqiy salohiyatidan past boʻlib qolishiga taʼsir qilgan. ." dedi.

 Erdog’an bilan Bermudez  Turkiya-Kuba savdo hajmini 200 million dollarga oshirish qat’iyatini tasdiqlaganliklarini qayd etdilar.

"Bu yoʻnalishda biz avvalo energetika, turizm, qurilish, qishloq xoʻjaligi, rivojlanish, sogʻliqni saqlash va atrof-muhit kabi sohalarda mavjud hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini baholadik. Sanksiyalardan kelib chiqadigan qiyinchiliklarga qaramay, kompaniyalarimizning Kubaga boʻlgan qiziqishi yuqori boʻlganini koʻrmoqda.” Deya qayd etdi.

Mehmon Prezident Bermudez oʻz nutqida,

– Ikki davlat o‘rtasidagi savdo-moliyaviy aloqalarimiz va hamkorlikni yanada diversifikatsiya qilishga kelishib oldik. dedi.

Bermudez, Prezident Erdog'anga biotexnologiya, qayta tiklanadigan energiya, turizm, qishloq xo'jaligi, chorvachilik, sog'liqni saqlash, ta'lim va madaniyat sohalarida har ikki tomonning o'zaro manfaati uchun faoliyatni davom ettirishga sodiqliklarini bildirdi.

Prezident Erdo’g’an so’ng Kuba Prezidenti Bermudez sharafiga rasmiy kechki ovqat berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar