Prezident Erdo'g'an, eng qisqa vaqt ichida terroristlarga katta zarba beramiz dedi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an,"Samolyotimiz, artilleriyamiz va uchuvchisiz havo vositalarimiz (SİHA) bilan bir necha kundan beri terroristlar tepasida turibmiz. Umid qilamizki, eng qisqa vaqt ichida barchasini yo'q qilamiz". dedi.

1909610
Prezident Erdo'g'an, eng qisqa vaqt ichida terroristlarga katta zarba beramiz dedi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an,

"Samolyotimiz, artilleriyamiz va uchuvchisiz havo vositalarimiz (SİHA) bilan bir necha kundan beri terroristlar tepasida turibmiz. Umid qilamizki, eng qisqa vaqt ichida barchasini yo'q qilamiz". dedi.

Prezident Erdog’an Artvin Yusufeli to’g’onining ochilish marosimida nutq so’zladi.

O'tgan hafta Istanbulda sodir bo'lgan bombali hujumni Turkiyaga jasorat bilan qarshi tura olmaganlarning qo'rqoqlik harakati sifatida ko'rganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an:

“Iroq va Suriya shimolidagi bo’lginchi terror tashkiloti PKK7YPG nishonlarini yer bilan yakson qilib, bolalar ham bo’lgan 6 nafar begunoh insonning hayotiga zomin bo’lgan bu qabih hujumga javob berdik”. dedi.

Boshiga tushgan bombalarni o'zini eng xavfsiz his qilgan joyda hazm qila olmagan terror tashkiloti, bu safar Turkiyaning chegara hududlaridagi fuqarolik tuzilmalari va odamlarni nishonga olganini ta'kidlagan Erdo'g'an.

“4 yoshli farzandimiz va 22 yoshli oʻqituvchimiz shahid boʻldi (PKK/YPG hujumida). Umid qilamanki, bu birodarlar tomonidan to‘kilgan bir tomchi qon ham zoye ketmaydi”. Dedi u.

Turkiya chegaralari va fuqarolariga qaratilgan hujumlarning manbalari aniq ekanini ifoda etgan Erdog’an,

“Biz bu terrorchilarni kim himoya qilayotganini, qurollantirayotganini va rag‘batlantirayotganini juda yaxshi bilamiz. Harf o’yinlari bilan terror tashkiloti nomini o’zgartirib, o’z askarlarini terroristlar yonida turgandek qilib Turkiyani chalg’itib qo’yaman deb o’ylaganlar uchun yo’lning oxiri keldi” deya qayd etdi.

Prezident,

“Samolyotimiz, to'pimiz va SİHA bilan bir necha kundan beri terroristlar tepasida bo'ldik. Umid qilamizki, tanklarimiz, askarlarimiz va biz bilan birga yurgan va yuradigan do‘stlarimiz bilan birga ularning barchasini imkon qadar tezroq yo‘q qilamiz”. dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar