Erdo‘g‘an: Panja-qilich amaliyoti faqatgina havo amaliyoti bilan cheklanib qolmaydi

Prezident Erdo‘g‘an, Qatarga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida kun tartibini baholadi.

1908902
Erdo‘g‘an: Panja-qilich amaliyoti faqatgina havo amaliyoti bilan cheklanib qolmaydi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Iroq va Suriyaning shimolida PKK/YPG terror tashkilotiga qarshi boshlatilgan “Panja - qilich” amaliyoti faqatgina havo amaliyoti bilan cheklanmagan.

Prezident Erdo‘g‘an, Qatarga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida kun tartibini baholadi.

Unda, Iroq va Suriya shimolidagi “Panja - qilich” havo amaliyotiga to‘xtalgan Erdo‘g‘an:

«Har doim, “Bir kuni kechasi kutilmaganda borib qolishimiz mumkin” deganimizdek, bu so‘zlarni berkorga aytmadik. Chunki kutgan kun, rejalashtirilgan soat kelganida ishlar amalga oshiriladi. Darhaqiqat, kecha uyushtirilgan amaliyot ham to‘liq buning ifodasi edi». - dedi.

Panja - qilich amaliyotining ham faqatgina havo amaliyoti bilan cheklanib qolmasligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Mudofaa vazirligimiz bilan Bosh shtabimiz birgalikda qaror qildilar. Maslahatlashib, ortidan shunga ko‘ra qadam tashlaymiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mazkur amaliyot ustidan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan hech qanday uchrashuv o‘tkazmaganliklariga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an:

«Ammo janob Bayden ham, janob Putin ham bu mintaqada istalgan vaqtda bunday ishlarni qilishimiz mumkinligidan boxabarlar. Aslini olganda va bu voqeada ham bo‘lganidek, “Bir kuni kechasi kutilmaganda kirib borishimiz mumkin”, - degandik. Biz, ruxsat olib ish qilmaymiz. Biron nima qilmoqchi bo‘lsak, qaror qabul qilib, faoliyatga o‘tamiz. Shunday ekan, bu borada AQSh bizni bilishi lozim. Biladi degan ham fikrdamiz. Keyingi jarayonda muhim qadamlarni qanday tashlashimizni va tashlashimiz kerakligini ham nasib qilsa hamma ko‘radi”. – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar